Safe Kid

Qisqa ma'lumotnoma

Safe Kid — xavf paytidagi birinchi daqiqalar uchun

Jazo voqeadan keyin keladi. Biz esa voqea paytidagi birinchi daqiqalarda bola yordam chaqira olishi, ota-onasi esa joyini darhol bilishi uchun tizim quryapmiz.

  • Ilova — ishlaydi
  • SafeKid qurilmasi — sinov bosqichida
SafeKid qurilmasi: ko'k rangli kichik klips, ustida SOS tugmasi va indikator chirog'i

Muammo

Bu bitta voqea emas. Rasman qayd etilgan holatlar ham ko'payib bormoqda, qayd etilmaganlari esa undan ko'p bo'lishi mumkin.

Bular faqat qayd etilgan holatlar. Ko'plab holatlar umuman qayd etilmaydi.

Qanday ishlaydi

Uch qism, bitta maqsad: xavf paytida ota-ona tez va aniq xabar olsin.

Xavf rejimi

SOSkoordinataota-onaga

SOS bosilgach joylashuv koordinatasi darhol ota-onaga yuboriladi va xavf tugaguncha har 10 soniyada yangilanadi. IIB bilan hamkorlik — reja, tayyor ulanish emas.

SafeKid qurilmasining ichki tuzilishi: SOS tugmasi, GPS modul, eSIM chip, LTE modem, plata, batareya va klips

Shaffoflik va xavfsizlik

Safe Kid josuslik dasturi emas. Bola ilovasi yashirin emas, ulash esa faqat bola telefonida, ota-ona PIN-kodi bilan tasdiqlanadi.

Nima yig'iladi

  • Joylashuv (geofence uchun)
  • Batareya darajasi
  • Ilovalardan foydalanish vaqti
  • SOS hodisasi va aniq joylashuv
  • Bloklash yoki o'chirishga urinish hodisalari

Nima yig'ilmaydi

  • SMS va xabarlar
  • Qo'ng'iroqlar
  • Klaviatura va parollar
  • Kontaktlar
  • Brauzer tarixi va ekran tasvirlari

Qurilma ishlab chiquvchilar uchun

SafeKid serveri ochiq hujjatlashtirilgan REST va WebSocket API orqali ishlaydi. Interaktiv hujjat (FastAPI):

api.ilmda.uz/docs

Qurilma API: /v1/tracker/* (hujjat jamoada).

Jamoa va aloqa

Jamoa

  • Xudaybergenov Shaxriyor
  • Ho'sinboyev Adhambek (56-24)
  • Ilmiy rahbar: Yangiboyev A.